Voydod.net - это портал, где вы можете слушать музыку бесплатно. Запомните вы можете послушать музыку бесплатно и все новинки музыки, добавьте в избранное наш сайт и не пожалеете!
Yurtimizning qayeridansiz?

Barcha ovozlar: 61838
Реклама
TOP-10
Реклама
Реклама
Профил
Гость



Пожалуйста, зарегистрируйтесь или войдите в свой аккаунт.
Логин:
Пароль:




Rasman: Koronavirus O‘zbekistonga ham kirib keldi

Ko'rildi: 654 | Bo'limi: Новости Шоу-бизнесa Teglar: Rasman: Koronavirus O‘zbekistonga h |


Dunyoning 160 ga yaqin davlatiga kirib borgan koronavirus O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmadi

Bugun, 15 mart kuni soat 06:00 da Respublika Virusologiya instituti laboratoriyasida Fransiya Respublikasida bo‘lib qaytgan 1 nafar O‘zbekiston fuqarosida COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlandi.

Hozirda epidemiologik surishtiruv hamda kasallikni tarqalib ketmasligi uchun profilaktik chora-tadbirlar to‘liq amalga oshirilmoqda.

Ushbu holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonga 14 mart kuni xalqaro aeroportlar orqali 38 ta reysda – 4 800 nafar, temir yo‘llar orqali – 1 860 nafar, qolgan chegara-bojxona postlaridan 38 ming nafar fuqarolar kirib keldi, barcha yo‘lovchilar SKPlarda termometriya hamda birlamchi tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi. 

Epidemik vaziyat noxush bo‘lgan davlatlarda bo‘lib qaytgan 7 781 nafar fuqarolar uy sharoitida tibbiy kuzatuvga olingan. Ulardan 5,6 ming nafarida kasallikni yashirin davri yakunlangani uchun tibbiy kuzatuvdan olingan. Bugungi kunda 2 100 nafar fuqarolar salomatligi ustidan tibbiy kuzatuv davom etmoqda.

Ma’lumot uchun, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 156 740 kishi koronavirusga chalingan, ularning 5839 nafari vafot etgan, 75 935 nafari kasallikdan forig‘ bo‘lgan.



Barcha izohlar: 0
Faqat Ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirish mumkin. Iltimos, 1 minut vaqtingizni ayamay ro'yhatdan o'ting.
[ RO'YHATDAN O'TISH | KIRISH ]