Voydod.net - это портал, где вы можете слушать музыку бесплатно. Запомните вы можете послушать музыку бесплатно и все новинки музыки, добавьте в избранное наш сайт и не пожалеете!
saytimizga baxo bering

Barcha ovozlar: 85
Реклама
TOP-10
Реклама
Теги
Реклама
Профил
Гость



Пожалуйста, зарегистрируйтесь или войдите в свой аккаунт.
Логин:
Пароль:




Biz shunchaki eng yaqin begonalarmiz

Ko'rildi: 44 | Bo'limi: СМС-стихи и другие |


Hayot sinovlari qiziq ba'zida,
San'at asaridek durdonalarmiz.
Bitta sinfda ta'lim olsakda,
Biz shunchaki eng yaqin begonalarmiz.

Yillar o'tib ketyapdi ko'z oldimizda,
Nahotki, shunchalar beparvolarmiz.
Savollar qiynaydi meni har damda,
Biz shunchaki eng yaqin begonalarmiz.

Orzular qanotida uchsak ham bizlar,
Qayg'ular og'ushida yursak ham bizlar.
Bir ustozni birga ko'rsak ham bizlar,
Biz shunchaki eng yaqin begonalarmiz.

Shunchaki g'ururimiz ustundir doim,
Go'yoki maktabda yak donalarmiz.
Bizga allakimlar to'sindir doim,
Biz shunchaki eng yaqin begonalarmiz.

Metindan mustahkam vijdonimiz bor,
Ammo, bag'ri dili sad poralarmiz.
Allohga shukrkim iymonimiz bor,
Biz shunchaki eng yaqin begonalarmiz.

Dillar tashnadirlar do'stlik mehriga,
Go'yo suhbat qurgan do'stonalarmiz,
Nahot duchor bo'ldik do'stning kasriga,
Biz shunchaki eng yaqin begonalarmiz.

Do'st bo'lganmizu, lekinu ammo,
Hozirchi shunchaki devonalarmiz,
Taqdir achinmaydi bizlarga aslo,
Biz shunchaki eng yaqin begonalarmiz.

She'r ham adog'iga yetmoqda shu chog',
Satrlar singari paymonalarmiz.
Eski do'stligimizni bilsakda, biroq,
Biz shunchaki eng yaqin begonalarmiz.

Barcha haqiqatni bilsak ham bizlar,
Barcha bilan birga kulsak ham bizlar.
Balki tasodifan birga o'lsak ham bizlar,
Biz shunchaki eng yaqin begonalarmiz.
Aslam Qurbonov


Barcha izohlar: 0
Faqat Ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirish mumkin. Iltimos, 1 minut vaqtingizni ayamay ro'yhatdan o'ting.
[ RO'YHATDAN O'TISH | KIRISH ]