Voydod.net - это портал, где вы можете слушать музыку бесплатно. Запомните вы можете послушать музыку бесплатно и все новинки музыки, добавьте в избранное наш сайт и не пожалеете!
Ozor berib ko'p og'ritdik ko’nglimizni, Vafo nima bilmay jafolar yutamiz. Bir kun ishq uvoli urar ikkimizni, Kel yaxshisi bir-birimiz unutamiz.
Ahir mensiz yashay olasan bu ayon, Men ham sensiz yosholaman etmay bayon. Bizlar birga bo'la olmaymiz hech qachon, Kel yaxshisi bir-birimiz unutamiz.
Har kun janjal har kun achchiq so'zlar bilan, Ko’nglimizni bir-biridan sovutamiz. Bizga baxtli bo'lmoq qismat emas ekan, Kel yaxshisi bir-birimiz unutamiz.
Bir kun baribir sevgimiz topar barham, Bir-birimiz tushunmasdan har kun janjal. Bizga g'ururimiz ustun sevgimizdan, Kel yaxshisi bir-birimiz unutamiz.
O'rtamizga qo'yib shartlar qo'yib qoida, Ayb topamiz doim arzimagan joydan. Bir-birimiz aldashdan ayt nima foyda, Kel yaxshisi bir-birimiz unutamiz.
Bilmaysanda pinhon yig'lab ko'zyosh yutdim, Bir kun bari yaxshi bo'lar diya kutdim. Sabrim sindi tushun meni charchab ketdim, Kel yaxshisi bir-birimiz unutamiz.
Nuqta qo'yaylik bariga yaxshi bo'lar, Balki dillar bu qarorga qarshi bo'lar. Bugun bas qilaylik ertaga kech bo'lar, Kel yaxshisi bir-birimiz unutaylik.
So’nggi so'zim shudir senga baxtli bo'lgin, Mendan ololmagan mehr baxtni ko’rgin. Faqat sendan bittagina o’tinchim, Komolani har zamonda eslab turgin.